4 kun avval Ginnes rekordlar kitobiga eng keksa mushuk sifatida kiritilgan "Skuter" laqabli mushuk o‘lib qoldi
Texas shtatida "Skuter" laqabli siam mushugi vafot etdi. Bu haqida The Daily Mail xabar beradi.
"Skuter" dunyodagi eng keksa mushuk hisoblanar edi.
Mushuk 1986 yilning 26 mart kunida tug‘ilgan va shu vaqtdan boshlab o‘zining egasi Geyl Floyd bilan yashab kelgan. Skuter o‘ttiz yil umr kechirdi.
Bu mushuk 11 may kuni rekord o‘rnatgandi.
Nashrning qayd etishicha, u Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan Oregon shtatilik 26 yoshli Velvet laqabli mushukning rekordini yangilagan.
Skuterning egasi avvalroq, mushukning uzoq vaqt yashashiga uning faolligi va to‘g‘ri oziqlanishi sabab ekanini aytib o‘tgandi.
Dunyoda qachonlardir yashab o‘tgan eng yoshi ulug‘ mushuk Krim Paff (Creme Puff) hisoblanadi — u 38 yilu 3 kun yashagan. Uning egasi Jyeyk Perrida Krimdan tashqari, uzoq umr ko‘rgan Grappa Reks Allen laqabli sfinks mushugi ham bo‘lgan. Bu mushuk 34 yil umr kechirgan.