Jahon | 19:20 / 15.05.2016
9872
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkachi samolyoti Rossiya chegarasi yaqinidan uchib o‘tdi

Amerikaliklarning RC-135V rusumli harbiy razvedkachi samolyoti Rossiyaga qarashli Kaliningrad viloyati chegaralariga yaqinlashib uchgan. Bu haqda Baltic Watch ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, bort raqami 64-14844, nomi ELGIN33 bo‘lgan bu samolyot Buyuk Britaniyadagi «Mildenholl» aviabazasidan havoga ko‘tarilgan va Boltiq dengizining janubiy qismida harakatlangan. Samolyotning transponderi o‘chiq bo‘lgan.

Baltic Watch portalining tasdiqlashicha, Kaliningrad viloyatidagi aviabazadan amerikaliklar samolyotini qarshi olish uchun Su-27 qiruvchi samolyoti havoga chiqarilgan.

Qayd etilishicha, bu hafta davomida beshinchi marta AQSh samolyoti Rossiya chegaralari yaqinidan uchishi bo‘ldi. 13 may kuni bort raqami 62-4131 bo‘lgan TANGY18 nomli samolyot Kaliningrad chegaralariga yaqinlashib kelgandi.