Jahon | 14:15 / 15.05.2016
6518
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada Rim papasining jiyaniga nisbatan bosqinchilik hujumi uyushtirildi

Buenos-Ayres shahri chekkasida noma'lum shaxslar tomonidan Rim papasi Frantsiskning jiyani Xose Ignasio Bergologa bosqinchilik hujumi  uyushtirildi. Bu haqda Clarin nashri xabar bergan.

Bergoloning aytishicha, jinoyatchilar uning mashinasiga hujum uyushtirib, to‘pponcha bilan tahdid qilishgan va uni tunash uchun hech kim yo‘q joyga borib to‘xtashga majburlashgan.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘g‘rilar Rim papasi jiyanining pullari, hujjatlari, telefoni, kiyimi va ijtimoiy tashkilotlar uchun mo‘ljallangan ehson xaltasini o‘g‘irlab ketishgan. Ayni damda politsiya jinoyatchilarni qidirmoqda. 

Qayd etilishicha, Bergolo o‘tgan yilda ham uyi yonida sodir etilgan jinoyat qurboniga aylangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid