Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 4 may kuni Atlantika okeanidagi kruiz layner bortida hantavirus bilan boğliq yetti holat aniqlangani haqida xabar berdi. Virusga çalinganlarning uç nafari allaqaçon vafot etgan.
Kasallik tarqalgan «Hondius» nomli kruiz layneri 1 aprel kuni Argentina janubidagi Uşuaya şahridan çiqqan va Kabo-Verde tomon harakatlangan. Bortda ekipaj a’zolari bilan birgalikda 150 nafarga yaqin kişi bölgan. Kruiz qatnaşçilari Antarktidada hamda Janubiy Atlantikada öz yovvoyi tabiati bilan maşhur bölgan orolda bölişgan.
6 aprel kuni layner yölovçilaridan biri, Niderlandiya fuqarosida isitma, boş oğriği va yengil diareya alomatlari paydo bölgan. 11 aprel kunigaça unda nafas yetişmovçiligi rivojlangan va u öşa kuniyoq vafot etgan. 24 aprel kuni uning jasadi kemadan Atlantika okeanidagi Avliyo Yelena oroliga yetkazilgan. Uning rafiqasi, Niderlandiya fuqarosi bölgan ayol ham jasadni vataniga qaytariş jarayonida hamrohlik qiliş uçun sohilga tuşgan. 25 aprel kuni Janubiy Afrika Respublikasiga parvoz vaqtida uning ahvoli yomonlaşgan, 26 aprel kuni u ham Yoxannesburgdagi şifoxonada vafot etgan.
Bundan ikki kun oldin, 24 aprel kuni «Hondius»dagi şifokorga Buyuk Britaniya fuqarosi bölgan yana bir yölovçi murojaat qilgan. Unda isitma va nafas qisişi kuzatilgan. Uni ham Yoxannesburgga evakuatsiya qilişgan va intensiv terapiya bölimiga yotqizişgan. 4 may kuniga kelib laboratoriya tekşiruvlari u ham hantavirus variantlaridan birini yuqtirib olganini tasdiqladi. Xuddi şu virus vafot etgan niderlandiyalik ayoldan ham çiqqan. Uning vafot etgan turmuş örtoğida esa hozirça hantavirus tasdiqlanmagan.
Şu bilan birga, laynerda yana bir ölim holati röy bergan – 2 may kuni Germaniyadan bölgan yölovçi ayol vafot etgan, uning ham isitmasi kötarilib ketgandi. JSST ma’lumotlariga köra, u bilan muloqotda bölgan şaxs va ekipajning ikki a’zosida nafas oliş va oşqozon-içak simptomlari aniqlangan. Ular aynan hantavirusdan zararlangani va kasallikni ularga germaniyalik ayol yuqtirgani hozirça tasdiqlanmagan. «Hondius»ning boşqa yölovçilarida hantavirusga xos alomatlar qayd etilmagan.
Qamoqqa aylangan layner
Bir oy muqaddam jami 23 mamlakat fuqarolari bilan Argentinadan yölga çiqqan va olti ming milya masofani suzib ötgan layner ayni vaqtda Kabo-Verde yaqinida langar taşlab turibdi va yaqin vaqtlar içida Kanar orollari tomon suzişni rejalaştirgan. Orollargaça masofani bosib ötiş uçun uç-tört kun vaqt ketadi.
Kema seşanba kuni Kabo-Verde portiga kirişi kerak edi, ammo mahalliy rasmiylar xavfsizlik nuqtayi nazaridan yölovçilarga sohilga tuşişni taqiqladi.











