Jamiyat | 18:17 / 15.05.2016
9230
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada 2001 yildan keyin tug‘ilganlar uchun chekishni bir umrga taqiqlash taklif qilindi

Avstraliyaning Kvinslend shtati sog‘liqni saqlash vaziri Kemeron Dik 2001 yildan so‘ng tug‘ilgan fuqarolarning chekishiga bir umrlik taqiq qo‘llashni taklif qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatgan.

«Ko‘rinib turibdi, Kvinslendda chekish ijtimoiy jihatdan qabul qilib bo‘lmaydigan holatga aylandi», — degan vazir.

U bunday taqiqdan keyin kelajakda shtat fuqarolari butunlay chekmay qo‘yishini taxmin qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid