Sport | 08:51 / 15.05.2016
9657
1 daqiqa o‘qiladi

"Barselona" himoyachisi Dani Alves "futbol qiroli" Peleni ortda qoldirdi

"Barselona" himoyachisi, 14 mayda jamoa tarkibida Ispaniya chempionatini yutgan Dani Alves tarixda eng ko‘p unvon olgan braziliyalik futbolchi bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi 6 karra Ispaniya chempioni bo‘ldi. 33 yoshli futbolchi umumiy hisobda hozirgacha 30 ta unvonni qo‘lga kiritdi.

E'tiborlisi, Alves bu borada "futbol qiroli" Peleni ortda qoldirdi: qirolning hisobida "bor-yo‘g‘i" 29 ta unvon bor.