10:43 / 15.05.2016
6170

Darbantdagi otishma tufayli jarohatlangan politsiyachilar soni 17 nafar bo‘ldi

Rossiya tarkibidagi Dog‘iston Respublikasining Darbant shahrida jangarilar bilan yuz bergan otishma natijasida jarohatlangan politsiyachilar soni 17 nafarni tashkil etdi. Bu haqda shahar shifoxonasi ma'lumotlariga asoslanib, "Interfaks" xabar tarqatgan.

Maxsus operatsiya natijasida to‘rt jangari yo‘q qilingan. Politsiyachilar tomonidan esa 2 qurbon berilgan.

Voqea joyida yong‘in xizmatlari ish olib borgan, jangarilar yashiringan xonadon yonib ketgan.

Jangarilar qo‘lga olgan Darbant jinoiy qidiruv bo‘limi boshlig‘i Musa Musayevning jasadi ham xonadon ichida qolgan. Shuningdek, Tyumenlik maxsus xizmat jangchisi Viktor Timofeyev halok bo‘lgan.

Bu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top