O‘zbekiston | 23:40 / 16.05.2016
5534
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati KOICA ko‘ngillilari uchun rasmiy qabul tashkil etdi

2016 yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov tashabbusi bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining anjumanlar zalida KOICA doirasida mamlakatga kelgan koreyalik ko‘ngillilar uchun rasmiy qabul tashkil etildi. 

Mazkur tadbir ikki davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelayotgan KOICA ko‘ngillilarini rag‘batlantirish va tabriklash maqsadida o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev, TIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirlari o‘rinbosarlari, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Li Uk Xen, shuningdek, KOICAning O‘zbekistondagi idorasi direktori, xodimlari va 26 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Tadbir davomida tabrik so‘zlari aytib o‘tildi.