Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada Manchester shahriga yo‘l olgan reysning 2 yo‘lovchisi qo‘lga olindi
Norvegiyaning Rigge shahridan Angliyaning Manchester shahriga Ryanair aviakompaniyasi samolyoti orqali uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar shu reys yo‘lovchilarining 2 nafari shubhali shaxslar sifatida qo‘lga olinishi fonida aeroportdan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Norway Today xabar tarqatgan.
Hibs qilinganlardan biri Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan, ikkinchisi — Shri-Lanka fuqarosi.
Aeroportga tekshiruv ishlari uchun sapyorlar guruhi jo‘natilgan, tergovchilar qo‘lga olingan yo‘lovchilar bilan shug‘ullanishgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 may kuni Manchester shahridagi stadionda shubhali buyum aniqlangach, «Manchester Yunayted» — Bornmut» uchrashuvi qoldirildi.
Keyinroq, shubhali buyum sapyorlar tomonidan portlatildi. Bu bomba maketi bo‘lgani aniqlandi.