Jahon | 00:31 / 17.05.2016
6441
1 daqiqa o‘qiladi
Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Qorabog‘dagi keskinlikdan keyin birinchi marta uchrashishdi
Venada Tog‘li Qorabog‘da vaziyatning keskinlashishidan keyin Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari Serj Sargsyan va Ilhom Aliyevning birinchi uchrashuvi boshlandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, muzokaralarda Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha YeXHTning Minsk guruhi hamraislari – Rossiya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Jan-Mark Eyro hamda AQSh Davlat kotibi ishtirok etmoqdalar.
Avvalroq Sargsyan Kerri bilan uchrashgani ma'lum qilingandi.