08:48 / 17.05.2016
4770

O‘zbekiston Turkmanistonga yangi elchisini jo‘natdi

16 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Akmaljon Kuchkarov Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Akmaljon Kuchkarov ilgari O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

U endilikda 2012 yildan buyon O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Javxar Izamovning o‘rnini egalladi.

Top