Jamiyat | 12:16 / 18.05.2016
3246
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi zavodda portlash sodir bo‘ldi

Avstraliyaning Yangi Uels shtatidagi Obern shahridagi zavodda portlash yuz berdi.

Nine News xabariga ko‘ra, bu portlash tufayli 2 kishi jarohatlangan, 100ga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.

Portlashdan keyin zavod hududida yong‘in ro‘y bergan. Hududda o‘t o‘chirish ishlariga 10dan ortiq guruh jalb etilgan.

Hodisa sabablari hozircha noma'lum qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish