Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi «aqlli» jamadon namoyish etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Bluetooth 4.0 yordamida smartfonga ulanuvchi 90 Minutes Smart Suitcase nomli «aqlli» jamadon namoyish etdi. Bu haqida Gizmochina xabar beradi.
Jamadonning ajralib turuvchi jihati – bu uning iOS va Android qurilmalariga ulana olish imkoniyatidir. Shu xususiyat bilan jamadon egasini o‘g‘rilik yoki qulfni buzishayotganda ogohlantiradi. Shuningdek, jamadondagi qulflarni masofadan boshqarish ham mumkin.

Jamadon korpusi alyuminiy-magniyli qotishmadan tayyorlangan bo‘lib, og‘irligi 4,4 kilogrammni tashkil etadi. U 550x375x215 mm o‘lchamda 31 litr hajmga ega. Qurilmani yaratishda Germaniya dizaynerlari ishtirok etgan.
Xiaomi’ning “aqlli” jamadoni 1999 yuan (310 dollar atrofida) hisobida sotiladi.








