DM: Deniyel Kreyg Jyeyms Bond haqidagi filmlarda suratga tushishdan bosh tortdi
Britaniyalik aktyor Deniyel Kreyg ingliz josusi Jyeyms Bondning yangi sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi 2 ta filmda suratga tushish taklifini rad etdi, deb yozmoqda Daily Mail nashri. Unga, gonarar sifatida jami 68 mln funt sterling (98 mln 600 ming AQSh dollar) taklif etilgan. Manbalarning ma'lum qilishlaricha, artist "agent 007" karerasini yakunlaganini qayd etgan.
Umuman, Kreyg – Bond rolini ijro etganlik uchun eng katta haq olgan aktyor hisoblanadi. U Bond haqidagi 4 ta filmi bosh rollari uchun jami 38 mln funt sterling (55 mln dollar) gonorar olgan.
Manbalarning xabarlariga ko‘ra, MGM studiyasi Kreygga yana ikkita filmda bosh rolni taklif etgan. Bu mablag‘ga Kreygning filmlardan birida prodyuser bo‘lishi uchun beriladigan ish haqi ham kiritilgan. Shunga qaramay, Deniyel Kreygning inkor etishidan so‘ng, studiya uni holi qo‘yishga qaror qilgan.
Bundan avval, OAVda Kreyg Bond sarguzashtlariga oid filmlarga qaytishi dargumonligi xususida xabarlar paydo bo‘lgandi. O‘shandaTom Xiddlston Bond rolini ijro etishga tayyorligi ham ma'lum qilingan edi.