Jamiyat | 21:49 / 20.05.2016
15137
1 daqiqa o‘qiladi

"Bondianadagi yovuz"ning uyi Livandagi qoyada quriladi

"Bondianadagi yovuz"ning uyiga o‘xshash uy Livandagi qoyada quriladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda

2015 yilda uy loyihasi internetda ommalashib ketdi. Dastavval Casa Brutale deb nomlangan uyni Gretsiyada qurish mo‘ljallangandi. Biroq buyurtmachi sababli uy qurilishi Livanga ko‘chirildi.

Gazetaning ta'kidlashicha, minimalistik uslubdagi uy josus 007 Jyeyms Bond haqidagi filmlardagi yovuz qahramonning uyiga o‘xshaydi. Uyda yotoqxona, mehmonxona, vannaxona va hovuz bor. Open Platform for Architecture (OPA) byurosida uy "innovatsion arxitektura" namunasi deb atalmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish