Jahon | 15:55 / 20.05.2016
7398
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya TIV Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish zarurligi haqida bayonot berdi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro, Rossiyaga nisbatan jazo choralarini bekor qilish zarurligi haqida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. 

Buning uchun, uning qayd etishicha, rasmiy Moskva bir necha shartlarni bajarishi lozim. 

«Mazkur sanksiyalar YeIning 28 davlati tomonidan joriy qilingan va yoz mavsumi boshigacha kuchini yo‘qotadi. Xo‘sh, ularni bekor qilish kerakmi? Men Rossiya prezidenti Vladimir Putinga, Moskvaga safarim chog‘ida, bu borada aniq qarashimni bayon qilganman. Ha, biz garchi bosqichma-bosqich bo‘lsin, ammo jazo choralarini bekor qilishni xohlaymiz. Buning uchun, xususan, Ukrainadagi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishi kerak. Ammo hozircha bunday bo‘layotgani yo‘q. Minsk kelishuvlari mavjud. «Normand to‘rtligi» bor. Mazkur natijalarga erishishda, Rossiya va Ukraina ham o‘z hissalarini qo‘shishi kerak», — degan Eyro.

Vazirning qayd etishicha, Rossiya Fransiyaning dushmani hisoblanmaydi. 

Bundan avval, Fransiya parlamenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgan edi.