10:32 / 20.05.2016
5719

Xokkey bo‘yicha jahon chempionatining barcha yarim finalchilari nomi ma'lum bo‘ldi

Xokkey bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining barcha yarim finalchilari nomi ma'lum bo‘ldi. Ular: AQSh, Finlyandiya, Kanada va Rossiya.

Birinchi yarim final bahsi AQSh va Kanada o‘rtasida bo‘lib o‘tsa, ikkinchi juftlik sifatida Rossiya va Finlyandiya e'tirof etilgan. Uchrashuvlar 21 may kuni bo‘lib o‘tadi.

AQSh yarim finalga chiqish uchun Chexiyani mag‘lub etgan bo‘lsa, Kanada shvedlar ustidan zafar quchdi. Rossiya Germaniyani yengdi, finlar esa Daniya ustidan g‘alaba qozondi.

Top