O‘zbekiston | 13:52 / 20.05.2016
15191
2 daqiqa o‘qiladi

Muborak gazni qayta ishlash zavodi 45 yoshga to‘ldi

Muborak gazni qayta ishlash zavodi unitar sho‘'ba korxonasi bu yil 45 yilligini nishonlaydi. Ushbu ma'lumot Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2016” ko‘rgazmasi hamda 20-Xalqaro OGU yubiley konferensiyasi – “O‘zbekiston neftgaz sektori: texnologiya, sarmoya va taraqqiyot” ko‘rgazmasi davomida ma'lum qilindi. Bu haqda Review xabar qildi.

Korxona ijrochi direktori Elmurod Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, zavodning asosiy vazifasi tabiiy gazni absorbtsion tozalash, quritish, Klauss texnik metodi asosida gaz oltingugurtini ishlab chiqarish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish barobarida gaz konsentratini barqarorlashtirishdan iborat. 

Ayni paytda korxonada 18ta oltingugurt tozalash uskunasi, 5ta oltingugurt ishlab chiqarish uskunasi, 3ta gaz konsentratini barqarorlashtirish uskunasi ekspluatatsiya qilinadi. Ularning yillik quvvati 30,7 milliard metr kub tabiiy gaz, 535 ming tonna oltingugurt, 741 ming tonna gazkonsentrati va 17,6 ming tonna uglevodorodli suyultirilgan gazga teng.