Rossiya ichki ishlar vaziriga migratsiya qonunchiligidagi qoidabuzarliklar bo‘yicha tushuntirish berildi
Rossiya Bosh prokuraturasi, Federatsiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevga, uning xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligi talablari buzilishi xususida bayonnoma taqdim etdi, deyiladi Bosh prokuratura saytida.
Ma'lumki, Rossiya federal migratsiya xizmati vakolat va majburiyatlari, prezident farmoniga muvofiq, IIV ixtiyoriga topshirilgani bois, bayonnoma ushbu vazirlik rahbariyatiga taqdim etilgan.
Xususan, gasterbayterlarga soxta guvohnomalar berish, ishlash huquqini beruvchi patent berishda nazoratning yo‘qligi va shu kabilar hujjatga kiritilgan.
Bunday qoidabuzarliklar Tatariston, Checheniston va boshqa federal subektlarda aniqlangan va bartaraf etilgan.
«Rossiya fuqarolarining soxta nikohlanishi ham keng tarqalmoqda. Shu maqsadda, internet tarmog‘ida turli noqonuniy ma'lumotlar ham joylashtirilmoqda», — deb aniqlik kiritilgan axborotda.
Ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil birinchi choragining o‘zida migratsiya qonunchiligi talablari 10 ming martadan ortiq buzilgani aniqlangan va 1,8 mingdan ortiq bayonnomalar kiritilgan.