Jahon | 16:06 / 21.05.2016
4964
1 daqiqa o‘qiladi
Binali Yildirim Turkiya bosh vaziri lavozimini egallashga hozirlik ko‘rmoqda
Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 22 may kuni, o‘z tarixidagi ikkinchi favqulodda s'yezdini o‘tkazadi. Unda yagona masala, partiyaning yangi rahbari aniqlab olinadi.
Partiyaga mamlakatning amaldagi transport, dengiz qatnovi va kommunikatsiyalar vaziri Binali Yildirim rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Uning nomzodini, partiyaning turli darajadagi rahbar organlarining 80 foizga yaqini qo‘llab-quvvatlagan.
Partiya rahbarligiga saylanadigan Yildirim, mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, hukumat raisi vazifasini ham bajaradi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa, 22 may kuni kechqurun bosh vazirni tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekishini ma'lum qildi.