Jamiyat | 14:38 / 22.05.2016
4117
1 daqiqa o‘qiladi
Chikagoda otishma natijasida 14 kishini jarohatlanib, 1 kishi o‘ldirildi
AQShning Illinoys shtati tarkibidagi Chikago shahrida yuz bergan otishma natijasida kamida 14 kishi jarohatlangan va 1 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy politsiya vakili Hektor Elfaroning ma'lumotiga ko‘ra, otishma hududidan 26 yoshli erkak jasadi topilgan. U ikki nafar noma'lum shaxs Englvud tumanida keltirib chiqargan otishma qurboniga aylangan.
NBC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlardan 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Manbalarda aytilishicha, otishmaga giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi guruhlar o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan.