Sport | 10:04 / 22.05.2016
3637
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya Kubogi finali: «Yuventus» qo‘shimcha bo‘limlarda «Milan»dan ustun keldi

Futbol bo‘yicha Italiya chempionligidan tashqari mamlakat kubogi ham Turinning «Yuventus» klubiga nasib qildi.

Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan hal qiluvchi bellashuvda  «Yuventus» «Milan»ga qarshi o‘ynadi.

Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Uchrashuvda turinliklar jamoasi Alvaro Morataning 110-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi. Bu vaziyatda Xuan Kuadrado qanotdan uzatgan pasni Morata o‘ziga yaqin burchakka aniq yo‘lladi.

Bu Turin klubining Italiya Kubogida ketma-ket ikkinchi bor zafar quchishidir. Bir yil muqaddam «Yuventus» finalda Rimning «Latsio» klubidan 2:1 hisobida ustun kelgandi.

Shuningdek, jamoa o‘z tarixida 11 marta bu sovringa ega chiqmoqda va bu ko‘rsatkich italyan jamoalari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Bu borada keyingi natijalar «Roma» (9) va «Inter»ga (7) tegishli.

Italiya Kubogi
Final
21 may, shanba

«Yuventus» — «Milan» 1:0
Gol: 0:1 – 110 Morata.
Milan – Donnarumma, Sapata, De Shilo, Kalabriya, Romanoli, Poli (Nyang, 85), Montolivo (Mauri, 109), Bonaventura, Kutska (Balotelli, 112), Xonda, Bakka.
Yuventus –Neto, Bardzali, Kellini, Evra (Aleks Sandro, 62), Rugani, Pogba, Lemina, Ernanes (Morata, 108), Lixtshtayner (Kuadrado, 75), Manjukich, Dibala.
Ogohlantirishlar: Sapata (50), Pogba (62), Xonda (88), Nyang (101), Bardzali (105), Kellini (116), Mauri (119), Morata (119), Rugani (120).