Jahon | 23:36 / 22.05.2016
7362
1 daqiqa o‘qiladi

Qohiraga falokatga uchragan EgyptAir samolyoti yo‘lovchilarining jasadlari yetkazildi

Qohiraga EgyptAir aviakompaniyasining falokatga uchragan A320 samolyoti qurbonlari qoldiqlari solingan 15 ta quti yetkazildi, deb xabar bermoqda Youm7.

Ta'kidlanishicha, sud-tibbiyot mutaxassislari jasadlar kimga tegishli ekanini aniqlash uchun halok bo‘lganlarning qarindoshlaridan DNK-namunalar yig‘ishni boshlashgan.

EgyptAir aviakompaniyasining Parijdan Qohiraga MS804 reysi bilan kelayotgan samolyoti O‘rta Yer dengizida, Misr havo hududida radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyotda 66 nafar yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish