18:07 / 23.05.2016
5838

2016 yil I kvartalda Rossiya o‘zbek tekstilining asosiy xaridori bo‘ldi

2016 yil birinchi kvartalida Rossiya kompaniyalari o‘zbek yengil sanoati mahsulotlarining asosiy importyorlari bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekengilsanoat” vakiliga asoslanib Sputnik xabar qildi

Yilning birinchi uch oyida Rossiyaga o‘rtacha 100 million dollarlik qiymatda mahsulot eksport qilingan. Umumiy ko‘rinishda esa milliy yengil sanoat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish bo‘yicha rus kompaniyalarining ulushi 40 foizdan oshdi. 

“Rossiya hozir bizning strategik hamkorimiz, bo‘lgan va bo‘ladi ham. Ushbu aloqalar yillar davomida o‘rnatilgan. O‘zbek korxonalari RF bozorida o‘z kuchli o‘rniga ega va bu holat yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Bu, avvalo, ISO sertifikatlari bilan tasdiqlangan xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotning yuqori sifati bilan bog‘liq. O‘zbek yengil sanoati, xitoy yoki turk yengil sanoatidan farqli o‘laroq, maxsus buyurtmalar asosida mahsulot tayyorlaydi”, - dedi vakil.

Top