Jahon | 16:07 / 23.05.2016
3752
1 daqiqa o‘qiladi

Al-Fallujadagi amaliyot vaqtida IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Iroqning Al-Falluja shahriga hukumat qo‘shinlari yurish qilishi davomida IShID yetakchilaridan biri o‘ldirilgan. Bu haqda Sputnik agentligi xabar tarqatdi.

"IShID qo‘mondoni Abu Amir al-Ansoriy o‘ldirildi, uning yordamchisi Shadjal jarohatlandi", deyilgan Iroq armiyasi harbiy qo‘mondonligi axborotnomasida.

Bundan tashqari, shaharni jangarilardan ozod etish uchun boshlangan amaliyot chog‘ida IShIDning kamida 36 nafar jangarisi yo‘q qilingan.

Bundan oldinroq, Iroq bosh vaziri Al-Falluja shahrini IShIDdan ozod etish uchun yurish boshlangani haqida e'lon qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish