Jamiyat | 15:56 / 24.05.2016
4596
1 daqiqa o‘qiladi

Birovning ishonchiga kirib, uning taqinchoqlarini o‘g‘rilagan ayol o‘z nomiga dog‘ tushirdi

Noma'lum ayol Guliston shahrida yashovchi Q.Marhaboning ishonchiga kirib, uning ikki dona taqinchog‘ini olib ketadi. Birozdan keyin jabrlanuvchi aldanganini bilib, ichki ishlar idoralariga xabar berdi. 

Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar idoralari xodimlari jabrlanuvchi va uning qo‘shnilari bilan surishtiruv ishlarini olib borishadi. Sa'y-harakatlar samara berib, gumon qilinuvchi tezda qo‘lga olindi.  Mazkur firibgarlikni Sirdaryo tumanida yashovchi A.Gulmira sodir etgan. 

Endi bu ayolga nisbatan tegishli chora qo‘llaniladi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.