Euronews telekanali Lavrovning tvitterdagi soxta akkaunti deb "keksa jurnalistkani" o‘z ishidan chetlatdi
Materiallardan birida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning tvitterdagi soxta akkaunti haqida xabar bergan Euronews telekanali jurnalisti o‘z ishidan chetlatildi. Bu haqda telekompaniya kuzatuv kengashi vitse-prezidenti Pyotr Fyodorovga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilindi.
"Bosh redaktorning tushuntirishicha, jurnalist shunchalik keksaki, bunday masalalarda internetda soxta xabarlar bo‘lishini bilmaydi. U tomondan ataylab biror yomon yovuzli niyat bo‘lmagan. Unga e'tiborliroq bo‘lish va internetda soxta axborot yoki fotosurat deyarli oddiy hol bo‘lib qolgani aytildi", deb ta'kidlab o‘tdi Fyodorov.
Fyodorovning aytishicha, gap jurnalistning ishdan bo‘shatilishi haqida ketmayapti.
Avvalroq Fyodorov Euronews’ning ingliz tilidagi saytida Lavrovning soxta tvitteri skrinshoti paydo bo‘lishi ba'zi jurnalistlarning xatosi ekanligini aytgandi.