O‘zbekiston | 16:01 / 24.05.2016
4112
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari ShHT ekstremizmga qarshi kurashish konvensiyasini qabul qilishi zarurligini ta'kidladi

Shanxay Hamkorlik tashkiloti a'zolari ShHTning ekstremizmga qarshi kurashish konvensiyasini tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bu haqda 24 may kuni Toshkentda o‘tkazilgan ShHT TIV rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilish chog‘ida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov ma'lum qilgan.

"ShHT davlat rahbarlarining 2015 yilning 10 iyulidagi qaroriga muvofiq Ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ShHT Konventsiyasini tayyorlash ishlarini davom ettirishning zarur. Ushbu hujjat terrorizm, separatizm va ektremizmga qarshi kurashish bo‘yicha Shanxay konvensiyasi va 2016-2018 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi bilan bir qatorda ushbu sohadagi huquqiy asosni mustahkamlashga ko‘maklashadi", deya Komilovning so‘zlarini keltiradi O‘zbekiston TIV sayti.

Vazirlar tomonidan ta'kidlaganidek, ShHT Xartiyasi va boshqa asosiy hujjatlariga muvofiq ravishda terrorizm, separatizm, ekstremizm, narkotiklarni noqununiy ishlab chiqarish va tarqatish, transchegaraviy jinoyatchiliklar, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar, noqununiy migratsiya va odam savdosi vositalariga qarshi umumiy kurashish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish tashkilot doirasidagi hamkorlikning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.

Bundan oldinroq, ShHT Tashqi ishlar vazirlarining Toshkentdagi yig‘ilishida bir qator hujjatlar imzolangani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish