Sport | 11:13 / 26.05.2016
4643
3 daqiqa o‘qiladi

Ekvator Gvineyasi termasi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinga 20 futbolchi bilan keladi

Ekvator Gvineyasi terma jamoasi bosh murabbiyi Esteban Bekker 2 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston termasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun 20 nafar futbolchini tarkibga jalb etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Esteban Bekker bosh murabbiyligidagi terma jamoa 3 iyun kuni qit'a saralashi doirasida Benin terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Ammo, FIFA kongressida Benin terma jamoasiga qarshi sanksiya qo‘llangani va mazkur terma jamoa FIFA tasarrufidan chiqarilgani bois, o‘yin bekor qilindi.

Ekvator Gvineyasi terma jamoasi so‘nggi rasmiy uchrashuvini shu yilning mart oyida, o‘z maydonida Mali terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan hamda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ayni damda FIFA reytingida 83-o‘rinda borayotgan Ekvator Gvineyasi terma jamoasi o‘tgan yili o‘zi mezbonlik qilgan Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida yarim finalga qadar yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Ekvator Gvineyasi terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ekvator Gvineyasi terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun taklif etilgan futbolchilari ro‘yxati:

Darvozabonlar: Felipe Ovono («Orlando Payrets», JAR), Migel Eyoma («Bata»).

Himoyachilar: Karlos Akapo («Valensiya Mestalya», Ispaniya), Marselo Asumu («Deportivo Unidad»), Igor Engonga («Portugalet», Ispaniya), Eloy Edu («Sent Endryus», Malta), Diosdado Mbele («Xaybernian», Malta), Jyeyms Boriko («Malorka B», Ispaniya), Eugenio Mbomio («Deportivo Mongomo»).

Yarim himoyachilar: Frederiko Bikoro («Soni de Ela Nguyema»), Ivan Zarandona («Burgos», Ispaniya), Maksimo Ndongo («Rasing de Misomeseng»), Viyeyra Ellong («Kerkira», Gretsiya), Silveriu Obiyang («Akonanguy»), Kristobal Alogo («Soni de Ela Nguyema»), Federiko Nsuye («Malorka B» , Ispaniya).

Hujumchilar: David Mitogo («Barko», Ispaniya), Enrike Boula («Linares Deportivo», Ispaniya), David Ortli («Lazzsports», Ispaniya), Salvador Edu («Valensiya Mestalya», Ispaniya).

Babayan Ekvator Gvineyasi va Kanadaga qarshi o‘yinlar uchun e'lon qilgan tarkibdan "Lokomotiv"ning 7 futbolchisi joy oldi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish