Jamiyat | 23:22 / 26.05.2016
13134
1 daqiqa o‘qiladi
Tinch okeanida dunyodagi eng katta dengiz buluti topildi
Gavayi arxipelagining shimoli-g‘arbida dunyodagi eng katta bulut (suv jonivori) topildi. Rossellidae oilasiga mansub organizmning uzunligi 3,5 metr va balandligi avtomobil kabi ikki metrni tashkil etadi. Mazkur yangilik haqida New Scientist nashri xabar bermoqda.
Bulutni Papaxanaumokuakea dengiz zaxirasi yaqinidagi 2100 metr chuqurlikda topishdi. Uni okeanologik ekspeditsiya chog‘ida videokameraga suratga olishdi.
Uzoq umr ko‘ruvchi marjonlar yoshini minerallar bo‘yicha aniqlash imkoni mavjud. Biroq marjonlardan farqli o‘laroq, gigant-bulutning yoshini aniqlash olimlarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Uning yoshi bir necha yuz yoki yana bir necha ming yil bo‘lishi mumkin.