Fan-texnika | 20:07 / 27.05.2016
9913
3 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy C5 va C7 metall smartfonlarini ishlab chiqardi

Samsung kompaniyasi biryo‘la ikki - C5 va C7 metall smartfonlarini anons qildi.

Qurilma korpusi Galaxy A yoki Galaxy S seriyasi modellaridek shisha emas, butkul metall korpusda ishlab chiqarilgan. Orqa panelda antennalar uchun plastik qurilmalar joylashtirilgan. Yangi smartfonlar to‘rtta rangda ishlangan: tillarang, kumushrang, pushti tilla va kulrang. 

Galaxy S5 modeli Full HD'li 5,2 dyuymli SuperAMOLED displeyi, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 617 protsessori va Adreno 405 grafikasi,   4 GB operativ va 32/64 GB biriktirilgan xotira, ikkinchi sim-kartaga gibrid uya yoki 128 GBgacha bo‘lgan microSD hajmli xotira kartasi bilan boyitilgan. 4G LTE, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.2, GPS va NFC'larni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon OS Android 6.0.1 Marshmallow boshqaruvi ostida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 2600 mAch'ni tashkil qiladi, Quick Charge 3.0 texnologiyasi tufayli tezkor ta'minlanish (zaryadka) funksiyasi xizmat ko‘rsatadi. O‘lchovlar: 145.9x72x6.7 mm. Vazni: 143 gramm. Yangi smartfon bahosi - 32 GB uchun 300 yevro va 64 GB uchun 330 yevro.

Galaxy C7 modeli Full HD (1920x1080 piksel) imkoniyatli 5.7-dyuymli Super AMOLED-ekran, 8-yadroli Qualcomm Snapdragon 625, Adreno 506 grafik tekshiruv, 4 GB operativ va 32/64 GB biriktirilgan xotira bilan ta'minlangan. So‘nggi parametrni kengaytirish mumkin, ammo u holatda foydalanuvchi xotira kartasi yoki ikkinchi sim-kartadan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Asosiy kamera f/1.9 diafragmali 16-Mp sensorga, frontal kamera esa -  f/1.9 yorug‘lik optikasini beruvchi 8-Mp matritsaga ega. "Uyga" tugmasida barmoq izlarining skaneri o‘rnatilgan. Shuningdek smartfonda LTE, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), Bluetooth 4.2, GPS va NFC mavjud. 3300 mAch sig‘imli akkumulyator QuickCharge 3.0 tezkor energiya ta'minoti (zaryadka)  texnologiyasini quvvatlaydi.

Mazkur smartfon OS Android 6.0.1 Marshmallow'da funksiya yuritadi. Uning o‘lchamlari: 156.6x77.2x6.7 mm, vazni: 165 gr. Samsung Galaxy C7 32 va 64 GB versiyalari uchun 396 hamda 427 dollarga sotiladi. 

Ikki yangi smartfon ham Xitoyda taqdim etilgan. Ularning boshqa mamlakatlarda sotilishi haqidagi ma'lumotlar hozircha yo‘q.