Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" prezidenti Peres Chempionlar Ligasidagi g‘alabani Iroqda halok bo‘lgan muxlislarga bag‘ishladi
28 may kuni 11 marotaba Chempionlar Ligasida g‘alaba quchgan Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres ushbu g‘alabani klubning Iroqda fojiali halok bo‘lgan muxlislariga bag‘ishladi. Peresning bu haqda aytgan so‘zlarini "Marka" nashri keltirib o‘tdi.
"Real" "Atletiko"ga qarshi final uchrashuvida penaltilar seriyasi bo‘yicha 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi.
May oyida IShID terrorchilik guruhi "Real"ning Iroqdagi fan-klubi bosh qarorgohiga hujum qilgandi. Bu hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgandi.
"Biz bu g‘alabani Iroqda mudhish hujum oqibatida fojiali halok bo‘lgan "Real" muxlislariga bag‘ishlaymiz", deb aytdi Peres.
Peres raqib jamoa "Atletiko" futbolchilariga taskin berib, ular hali Chempionlar Ligasini albatta yutishlarini aytdi.
"Atletiko" bizning qo‘shnimiz va do‘stlarimiz, juda yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatdi. Men ularning finalda g‘alabaga erishishdagi barcha sa'y-harakatlari uchun achinish hissini sezmoqdaman, biroq aminmanki, "Atletiko" kelajakda albatta Chempionlar Ligasini yutadi", deb qo‘shimcha qildi Peres.
Jangarilar Iroqda "Real" fan-klubiga hujum qilib, 16 kishini o‘ldirdi