Turkiya parlamenti yangi bosh vazirga ishonch bildirdi
Turkiya parlamenti Binoli Yildirim boshchiligidagi yangi hukumatga ishonch bildirdi.
Vazirlar mahkamasiga ishonch votumini ifodalovchi rezolyutsiya uchun ochiq ko‘rinishda o‘tgan jarayonda 550 nafar deputatdan 315 nafari ovoz berdi.
22 may kuni 60 yoshli siyosatchi 1405 delegat ovozini olib Adolat va taraqqiyot partiyasining yangi rahbariga aylangandi.
24 may kuni mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hukumatdagi Adolat va taraqqiyot partiyasining yangi rahbari Binoli Yildirim tuzgan yangi hukumat tarkibini tasdiqlagandi.
Hukumatda Tugrul Tyurkesh, Mehmet Shimshek, Numan Kurtulmush vazir o‘rinbosari lavozimlarini saqlab qoldi. Veysi Kaynak va Nuriddin Janikli yangi vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavusho‘g‘li, ichki ishlar vaziri Efkan Ala, energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.