Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiyani Kurdiston ishchilar partiyasiga qurol yetkazib berishda aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyani Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilarini zenit raketalari bilan ta'minlashda aybladi. Bu haqda Turkiyadagi nashrlarga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, Turkiya rahbari jurnalistlar bilan Diyorbakirdan qaytish vaqtida samolyot bortida turib muloqot qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurollar kurdlarga Suriya va Iroq hududi orqali yetkazib berilgan.
"Ayni vaqtda terrorchilar Rossiya tomonidan yetkazib berilgan qurollar va raketalardan foydalanmoqda. Ayirmachi tashkilot ham (Kurdiston ishchilar partiyasi - tahr) ham shunday qurollarga ega", deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi The Star.
Turkiya hukumati bu ma'lumotga munosabat bildirmadi.