23:42 / 31.05.2016
5018

AQShdagi mashhur shoular prodyuseri Ginness rekordlari kitobi rekordchisiga aylandi

Amerikaning mashhur Jeopardy! (Rossiyaning «Svoya igra» analogi) va  Wheel of Fortune (Rossiyaning «Pole chudes» analogi) teleo‘yinlarining ijrochi prodyuseri Garri Fridman prodyuserlik qilgan dasturlari soni uchun Ginness rekordlar kitobi mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi Variety nashri.

Xabar berilishicha, 31 mart 2016 yilgacha Fridman 11 128 ko‘rsatuvga prodyuserlik qilgan. 

«Men uchun Ginness kitobidagi yangi jahon rekordi sohibiga  aylanish katta sharaf», — deb aytdi Fridman. Shuningdek, u televideniyada uzoq yillar davomida mehnat qilayotganidan bahtiyor ekanligini ham ta'kidladi. 

Fridmen Wheel of Fortune dasturida 1995 yilda, Jeopardy! dasturida esa 1997 yilda prodyuserlik qila boshlagan.

Top