Jahon | 08:43 / 31.05.2016
3859
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Idlibga berilgan aviazarbalarda tinch aholi halok bo‘ldi

30 may kuni Suriyaning Idlib muhofazasining poytaxti Idlib shahriga kamida 7 ta aviazarba berilgani qayd qilingan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Suriyada inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, noma'lum samolyotlar bergan zarba oqibatida 150 dan ko‘proq kishi jabr ko‘rgan. Kengashda taxmin qilinishicha, zarbalar Rossiya aviatsiyasi tomonidan berilgan.  

Ta'kidlanishicha, zarbalardan bir qismi mahalliy gospital joylashgan hududga berilgan. Kengashda shifoxonaning o‘ziga talofat yetmagan deb hisoblanmoqda. 

O‘z navbatida Mahalliy muvofiqlashtiruvchi qo‘mitalar tashkilotida milliy shifoxona yon-atrofiga berilgan zarba oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.