Jurnalist o‘limida ayblangan ozarbayjonlik futbolchi 4 yilga qamaldi
Ozarbayjonda jurnalist Rasim Aliyevning vafotidan so‘ng, uni do‘pposlash ishi doirasida hibs qilingan «Gabala» futbol klubining sobiq sardori Javid Guseynov ustidan sud jarayoni yakunlandi.
Guseynovga 4 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
2015 yilning yozida ozarbayjonlik jurnalist Rasim Aliyev o‘zi tanqid qilgan futbolchining «qarindoshlari» tomonidan o‘lgunicha do‘pposlab ketilgandi.
Rasim Aliyev 9 avgust kuni kasalxonada vafot etgan. U «Gabala»ning Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida Kiprning «Apollon» klubiga qarshi o‘yinidan keyingi futbolchining xulqini tanqid ostiga olgandi. 27 yoshli futbolchi o‘sha o‘yindan so‘ng maydon bo‘ylab Turkiya bayrog‘ini ko‘targancha yugurgan va haqoratli imo-ishora harakatlarini amalga oshirgandi.
Bu ish doirasida futbolchidan tashqari yana 5 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Sobiq futbolchining qarindoshi Elshan Ismaylov va uning akasiga 13 yildan, Arif Aliyevga 12,5 yil, Jamal Mamedovga 11 yil, Kyanan Madatov va Samir Mustafayevga 9 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llangan.