22:05 / 01.06.2016
5456

Ispaniya o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyani 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Ispaniya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisob qayd etildi. O‘yinda mezbonlar osiyoliklar darvozasini 6 bor ishg‘ol etgan va bitta javob goli qaytarilgan.

Visente del Boske jamaosi safida Nolito va Morata dubl qayd etgan bo‘lsa, Silva hamda Fabregas o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishgan.

Osiyo qit'asi vakili Janubiy Koreyaning yagona goliga Chu Se Chon mualliflik qildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Ispaniya – Janubiy Koreya 6:1 (3:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 30 Silva, 2:0 – 32 Fabregas, 3:0 – 38 Nolito, 4:0 – 50 Morata, 5:0 – 54 Nolito, 5:1 – 83 Chu Se Chon, 6:1 – 89 Morata.
Ispaniya – Kasilyas (Riko, 74), Bartra, Aspilikueta (Alba, 46), Belerin, Pike (Aduris, 59), Inesta (Alkantara, 46), Soriano, Silva (Pedro, 46), Fabregas (Buskets, 46), Nolito, Morata.
Janubiy Koreya – Kim Chin Xen, Xon Chon Xo, Yun Suk Yen (Lim Chxan Vu, 81), Chan Xen Su (Li Yen, 70), Kim Ki Xi (Kvak Txe Xvi, 61), An Guk Yen (Chu Se Chon, 61), Ki Sun Yen, Nam Txe Xi, Son Xin Min (Li Che Son, 61), Xvan Iy Cho (Xen Chun Suk, 46), Chi Don Von.

Top