22:59 / 02.06.2016
5863

Las-Vegas AQShning eng mashhur joyi deb topildi

Expedia sayyohlik xizmati Las-Vegasni AQShdagi eng mashhur joy deya e'lon qildi. Bu haqida Daily Mail xabar beradi. Foydalanuvchilar xizmat ish faoliyatini boshlaganidan beri 20 yil davomida aynan shu shaharni ko‘p izlashgan. 

Ikkinchi o‘rin Orlando shahriga, uchinchi o‘rin Nyu-Yorkka nasib etdi. Xalqaro miqyosdagi hududlar orasida esa AQSh aholisi ko‘proq Meksikaga qiziqish bildirar ekan. Ayniqsa, ular orasida Kankun oroli juda ham mashhur. 

Shuningdek, Los-Anjyeles va Nyu-York o‘rtasidagi parvoz eng mashhur mahalliy aviareys sifatida e'tirof etildi. Bundan tashqari, Amerikaning boshqa shaharlariga nisbatan eng ko‘p yo‘lovchilar Nyu-Yorkdan uchishgan.

Top