Turkiya bundestagda arman genotsidi tan olingach, Berlindagi elchisini chaqirib oldi
Turkiyaning Germaniyadagi elchisi Husayn Avni Karsio‘g‘li nemis parlamenti Usmonlilar davrida armanlar genotsid qilinganini ko‘zda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qilgach, Anqaraga maslahatlashuv uchun chaqirib olindi. Bu haqda Turkiyadagi nashrlar va Germaniyadagi Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Shuningdek, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim elchining kunning ikkinchi yarmida chaqirib olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.
2 iyun kuni Bundestagda Turkiyada 1915 yili armanlar qirg‘in qilinganini ifodalovchi armanlar genotsidi bo‘yicha rezolyutsiya ("1915–1916 yillarda Usmonli saltanatida armanilar va boshqa xristian kamchiliklarning genotsidi xotirasiga") qabul qilindi. Unga 630 deputatdan 628 nafari ovoz berdi, 1 kishi qarshi chiqdi va yana bir deputat betaraf qoldi.
Endilikda ikki mamlakat o‘rtasiga sovuqchilik tushishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Germaniyada 3,5 mln nafar etnik turk istiqomat qiladi.