Jahon | 17:38 / 02.06.2016
4581
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Germaniyaning armanlar genotsidini tan olishi "tarixiy xato" sifatida baholandi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush Germaniya parlamenti tomonidan armanlar genotsidi tan olinganiga munosabatini bildirib o‘tdi. U bu qarorni "tarixiy xato" sifatida baholagan.

Bugun bundestag Usmonlilar imperiyasi davrida qariyb 2 million armanning o‘ldirib yuborilganini tan olishni bildiradigan "1915–1916 yillarda Usmonli saltanatida armanilar va boshqa xristian kamchiliklarning genotsidi xotirasiga" nomli rezolyutsiyani qabul qildi.

Armanistonda bu qaror katta xursandchilik bilan kutib olindi.

Turkiya esa Germaniyadagi elchisini Anqaraga maslahatlashuv uchun chaqirib oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish