Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dani Alves: Hozir «Barselona»dan ketyapman, ammo albatta qaytaman
«Barselona» himoyachisi Dani Alves jamoadan ketishi e'lon qilinganidan keyin jamoa muxlislari bilan xayrlashdi.
«Men faoliyatimni yangi jamoada davom ettirishga qaror qilganim haqida bilishingizni istayman. Men vidolashmayman. Hozir ketyapman, ammo hali qaytaman, chunki men bu jamoaning ashaddiy muxlisiman.
Bir oydan keyin «Barselona»ga o‘tganimga 8 yil to‘ladi. Birinchi kundan so‘nggi kunga qadar futboldan maroqlandim. Mening omadim bor ekan», – deya yozgan Alves o‘z instagramida.
«Barselona» 2 iyun kuni Alvesning jamoadan ketishini ma'lum qilgandi va unga o‘tgan vaqt davomidagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgandi.
Keyinroq OAVda u «Yuventus» bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar berildi.