«Barselona» jamoasi sport direktori Robert Fernandes yaqin vaqt içida Dani Alves jamoani tark etişi haqida rasman ma'lum qildi. U şuningdek, turli jamoalardan qiziqişlar mavjudligiga qaramasdan Neymar va Haver Maskerano jamoada qolişini ma'lum qildi.
«Dani Alves „Barselona“dan ketişga qaror qildi. Bu uning şaxsiy qarori va biz buni hurmat qilamiz. Neymar bizning jamoamizda öynaşda davom etadi. U uzoq vaqt davomida jamoada qoladi. Men Maskeranoning qolişiga ham şubha qilmayman. U jamoaning muhim futbolçilaridan biri. Denis Suaresmi? «Vilyarreal»ga biz uni ortga qaytarişga qaror qilganimiz haqida ma'lum etganmiz. Bizda yuqori saviyali ikki davrozabon, Bravo va ter Ştegen bor. Ularning ikkisi ham jamoada qoladi va bundan juda xursandman», — deya Fernandesning sözlarini keltiradi «Barselona» jamoasi matbuot xizmati.
Alvesni öz safiga qöşib oliş uçun asosiy da'vogar «Yuventus» hisoblanadi. 33 yoşli futbolçi turinliklar jamoasiga erkin agent maqomida ötişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, braziliyalik futbolçiga «PSJ» va «Mançester Yunayted» tomonidan ham qiziqiş mavjud.
Alves «Barselona»ga «Sevilya»dan 2008 yili ötgandi. U ötgan vaqt içida jamoa bilan 3 marta YeÇL ğolibi böldi, 6 marta Ispaniya çempioniga aylandi, 4 martadan mamlakat Kubogi va Superkubogini oldi hamda 3 marta klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqdi.
Joriy mavsumda u kataloniyaliklar jamoasi safida 48 uçraşuv ötkazib, 1 gol urdi va 8ta golli pas muallifi böldi.







