Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Light | 07:26 / 06.06.2016
6590
1 daqiqa o‘qiladi
Maymun Hindistondagi zargarlik do‘konini tunadi
Hindistonda maymun zargarlik do‘konini tunadi, deb xabar bermoqda ITV. Maymun do‘konga kirib, kassadan 10 ming rupiy olib, qochib ketgan.
Do‘konda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari barcha voqeani qayd qilib oldi. Videoyozuvda do‘kon xodimi eshik oldida o‘tirgan maymunga yegulik taklif qilib, uni ketishga undayotganini ko‘rish mumkin.
Maymun unga berilgan yegulikni olish o‘rniga do‘konga kirib, to‘g‘ri kassaning yoniga borgan va pullarni olib, tezda g‘oyib bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish