17:08 / 06.06.2016
4644

Vardi «Arsenal»ga o‘tishi bilan bog‘liq jarayonni to‘xtatib, terma jamoa bilan Fransiyaga uchib ketdi

«Arsenal» Vardiga 4 yilda 26 mln funt maosh bermoqchi, u esa qaror qabul qilishga shoshilmayapti. 

«Lester» hujumchisi Jyeymi Vardining «Arsenal»ga transfer qilinishi bilan bog‘liq jarayon yaqin vaqt ichida amalga oshmaydigan bo‘ldi.

«Arsenal»ga ushbu futbolchini xarid qilish jami 44 million funtga tushadi: 20 million – Vardining «Lester» bilan shartnomasidagi transfer qiymati, 24 million unga 4 yillik shartnoma bo‘yicha to‘lanadigan maoshning jami miqdori (haftasiga 120 ming funt).

Bundan oldinroq, 29 yoshli ushbu hujumchi bugun «Arsenal» bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi haqida xabarlara tarqatilgandi, ammo bu ish sodir bo‘lmadi. Uning o‘rniga futbolchi Angliya terma jamoasi bilan Fransiyaga Yevro-2016 turniridagi ishtirok uchun jo‘nab ketgan.

Leicester Mercury ma'lumotiga ko‘ra, Vardi hozircha kelajagi borasida qaror qabul qilmagan.

Top