Light | 22:40 / 07.06.2016
34284
3 daqiqa o‘qiladi

Suv ostida qolgan uylar va ularda yashovchi insonlarning hayratlanarli suratlari 

Gideon Mendelning «Cho‘kayotgan dunyo» fotoloyihasi iqlim o‘zgarishi mavjudligiga shubha bilan qaraydigan kishilarni o‘ylantirib qo‘yadi. Ayrimlar tabiatning kutilmagan hodisalari oqibatida og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Biroq buni hamma ham bilavermaydi.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, “Cho‘kayotgan dunyo” — iqlim o‘zgarishi ko‘lamini vizual aks ettirishga yondashuvdir.

«Bu yerda suv toshqinidan omon qolgan insonlarning cho‘kkan uyi oldidagi yoki sobiq go‘zal landshaftlar qarshisida muxrlangan suratlari bo‘lishi mumkin. Surat qahramonlari sovuqqonlik bilan kamera qarshisida muzlab qolgan nigohlarida qandaydir tashvishli shikoyatdan arz qilayotgandek turishibdi», — deydi Gideon.
Muallif suratlar orqali iqlim o‘zgarishining halokatli oqibatini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.

«Loyiha 2007 yilda boshlangan. Shundan beri toshqin sodir bo‘lgan ko‘plab hududlarga tashrif buyurdim: Gaiti oroli, Pokiston, Avstraliya, Tailand, Nigeriya, Germaniya, Filippin, Buyuk Britaniya, Hindiston, Braziliya, Bangladesh va AQSh», — deya qayd etadi fotosuratchi.


Tailand, 2011. Shahar suv ostida qolgan bo‘lsa ham, ayol baribir oilasi uchun yegulik sotib olgani do‘konga ketmoqda.

Pokiston, 2010. Xayrpur-Natan-Shax shahrida yashovchi Ahmad ko‘chaning o‘rtasida turibdi. Bu toshqin Pokiston tarixida eng kattasi hisoblangan. Uning oqiatida 20 millionga yaqin inson jabr ko‘rgan.

Nigeriya, 2012. Xoup va Viktor oilasi Amerikada suvga cho‘kkan uyi oldida.

Britaniya orollarida 2013-2014 yillari kuchli bo‘ron sodir bo‘lishi yog‘ingarchilik va toshqinni olib keladi. 

Deyv va uning 12 yoshli qizi Somerset grafligi, Barroubrij qishlog‘idagi suv tagida qolgan uyi ichida.
Nigeriya, 2012. Jozef va Emdyurans Edem uy darvozasi qarshisida.

Braziliya, mart 2015. Joao de Perreyra.

Hindiston, avgust 2007. Chinta va Samundri Davi.

AQSh, Janubiy Karolina shtati, 2015.

Braziliya, Riu-Branku, mart 2015. Frantsiska Chagas dos Santos o‘z uyida.

Pokiston, sentabr 2010.

AQSh, Janubiy Karolina shtati, oktabr 2015. Keyt Nesbitt.
Hindiston, Kashmir, oktabr 2015.

Germaniya, Saksoniya, oktabr 2013. Brijit va Fridxelm Totts suv ostida qolgan uyida.

Buyuk Britaniya, Janubiy Yorkshir, iyun 2007. Grexem va Kiran Li toshqindan so‘ng xonani tartibga keltirmoqda.

Tailand, Bangkok, noyabr 2011.