Brent rusumli neftning bir barreli oxirgi sakkiz oyda ilk bor 52 dollardan ko‘tarildi
Brent neftining bir barreli Londonning ICE birjasida 52 dollarlik ko‘rsatkichdan oshib ketdi. Bu qiymat savdo ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil 12 oktabridan beri ilk marotaba kuzatilmoqda. Brent’ning bir barreli savdolarning eng qizg‘in pallasida 52,21 dollarga yetgan, bu o‘tgan kunlar savdo darajasidan 1,5 foiz yuqori demakdir.
Tahlilchilar neft kotirovkalari narxining o‘zgarishiga, Amerika dollarining boshqa jahon valyutalariga nisbatan kursi pasaygani hamda AQSh tijorat neft zaxiralarining 3,5 mln barrelga qisqargani to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘lgan. 8 iyun kuni kechga yaqin AQSh energetika vazirligi, neft zaxiralari borasida yangi ma'lumotlarni e'lon qilishi kerak. Bu esa ekspertlarga ko‘ra, neft narxi o‘sishiga yangi turtki berishi mumkin.
Neftning qimmatlashayotgani sabab, rubl kursi ham sezilarli ko‘tarilib, Moskva birjasi savdolarida dollarning rublga nisbatan kursi 64,08 rublgacha pasaygan. 1 yevro 72,88 rublni tashkil etgan.