Sport | 19:37 / 08.06.2016
8429
1 daqiqa o‘qiladi
Microsoft Yevropa chempionati g‘olibini bashorat qildi
Microsoft 10 iyun kuni boshlanadigan Yevropa chempionatining har bir o‘yini natijasini bashorat qilib chiqdi. Bu haqda kompaniya press-relizida keltirilgan.
Prognozlar Microsoft ekspertlari guruhi tomonidan Cortana Intelligence Suite texnologiyasi yordamida olib borildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 66 foiz ehtimol bilan Germaniya terma jamoasi turnir finalida Ispaniyani mag‘lub etadi.
10 iyun kungi ochilish o‘yinida Fransiya terma jamoasi Ruminiyani 1 to‘p farqi bilan yengishi bashorat qilingan. Frantsuzlarning g‘alaba qozonishi ehtimoli 71,4 foiz. Ruminiyaliklarning g‘alaba uchun imkoniyati atigi 9 foiz chiqqan.