Jamiyat | 11:25 / 09.06.2016
9396
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston fuqarosi Artyom Raxmanov Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan vataniga ekstraditsiya qilindi. U respublika Jinoyat kodeksining 127 moddasi 3 bandi (voyaga yetmagan shaxsni aksilijtimoiy ishga jalb etish) va 169 moddasi 2 bandi «v, g» xatboshisi (o‘g‘irlik)da ko‘rsatilgan jinoyalarni sodir etgan.
Xabarlarga ko‘ra, Raxmanov 2014 yil sentabr oyida Qo‘qon shahridagi kompyuter ustaxonasiga gumashtasi bilan kirib, o‘g‘irlik sodir etgan. U mazkur jinoyatga 4 nafar voyaga yetmagan shaxsni ham jalb etgan.
O‘tgan yilning sentabr oyida Raxmanov Rossiya politsiyasi tomonidan Podmoskovyaning Pushkin tumanida qo‘lga olingan edi.