Sport | 15:01 / 10.06.2016
3661
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda Yevro-2016 muxlislari uchun yirik fan-zona tashkil etildi

9 iyun kuni Parijda futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Yevropa chempionati uchun fan-zona shakllantirildi. 

Ushbu yirik fan-zona Eyfel minorasining poyida, Mars maydonida joylashgan. U yerga 92 ming nafar futbol ishqibozi ketishi mumkin. U yerga faqatgina Yevro-2016 o‘yinlari vaqtida kirish mumkin bo‘ladi.

Stadionga kira olmagan muxlislar shu yerga kelib, katta ekranlarda o‘yinlarni bepul ko‘rishlari, futbol va yoki videoo‘yinlar o‘ynashlari, hordiq chiqarishlari va suhbatlashib o‘tirishlari mumkin bo‘ladi. Maydondagi asosiy ekranning o‘lchami 420 kvadrat metrni tashkil etadi.